Jihod
Assalomu alaykum! Meni bir narsa oʼylantiryapti. Ma’lumki hozir chet davlatlarda turib olib yoshlarni jihotga chorlayotganlar bor va ular miyasida boʼshliq bor avlodni ongini zaharlayotgani hammaga maʼlum. Savol javobingizdan maʼlumki ular ham ilmni egasi ekan. Misol uchun menda ilm yo‘q ammo men bunday yo‘q narsalarni gapirish, yoshlarni adashtirish uchun milliardlab dollarlar berilsa ham bunga ko‘nmayman, buni ohiratni sotish deb hisoblayman. Endi ilmi yo‘q odam shunchalik Allohdan qo‘rqsam, ilm o‘qiganlarchi, ular qo‘rqmaydilarmi. Dunyoni qo‘liga bergan taqdirdayam davom etmaslik kerakku. Savolimdan meni ular tarafda ekan deb o‘ylamang, mantiqan o‘ylab qarasam echim yo‘q, albatta bu mening ilmsizligimdir. Shuning uchun siz ahli ilmlardan so‘radim. Javobingizni kutaman, iltimos oldingi savollarimni o‘chirib tashlaganingizdek buni ham o‘chirib tashlamang. Alloh hammaga hidoyat ato etsin. Abdumannon domlaga alohida salom. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shayton ilmli emasmi? Obidmasmi? Vallohu a’lam!
9 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 177 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shayton ilmli emasmi? Obidmasmi? Vallohu a’lam!
9 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 177 | Aqiyda