Otam yo‘qsa erim
Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 4 yil bo‘ldi Alxamdulillax. Lekin otam erimdan ajralishimli xoxliydi. Biz boshqa shaxarda yashaymiz, otam xar yili 3-4 marta uyga kelib ketasan yo‘qsa yashama nima qilasan yashab deb ko‘p janjal qiladila. Farzandimiz bor 1 yilda 1 marotaba uyga kelishimni o‘zi qiyin, biletga pul topish onsonmas. Shuni tushinishmayapti oilam. Nima qilsam to‘g‘ri? Erimdan mingdan min roziman yaxshi inson, lekin bu tarafta otam xam bor. Juda qiynalib ketdim maslaxat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatda ota-onani hurmat qilish, xizmatini qilish va roziligini olish farzandning burchi hisoblanadi. Lekin qiz bola turmushga chiqqanidan so‘ng u uchun erining roziligi ota-onasining roziligidan oldin turadi. Bu masalaning birinchi tarafi. Ikkinchidan ota-onaning rozi qilish ham shariat doirasida bo‘lishi kerak. Ya’ni ota-ona shariatga to‘g‘ri kelmaydigan ishga buyursa ham ularni rozi qilish kerak degani emas. Balki shariatga muvofiq ishga buyursalar, talab qilsalar ularga itoat qilish vojib bo‘ladi. Sizning holatingizda avvalo siz eringizning iznidasiz. Ota-onangizni ziyoratiga borish sizning haqqingiz bo‘lsa-da, eringiz ruxsat bersa, sharoitingiz ko‘tarsa borasiz. Bora olmasangiz otangizning “yashama” deyishlari to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki bu holat oilani buzishga sabab bo‘ladigan shar’iy uzr emas. Siz ota-onagizga yaxshi muomalada bo‘lib, imkon qilib ziyoratlarini qilishga urining. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 06:14 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush