Vanga virusni bashorat qilgan deb ishonsa

Assalomu alaykum! Ustozlar bugun bir yoshi ulug‘ tanishim bu virusli kunlar haqida Vanga degan baxshi aytgan gapi rost ekan deb qoldi. Man bunaqa demang bu shirk bo‘lib qolishi mumkin u Vanga jirkanch kofir bo‘lgan desam xam gapidan qaytmay uni bashoratlari to‘g‘ri chiqyapti deb turib oldi. Man tortishsam yana boshqa kufr kalimalarini gapirib qo‘ymasin deb u erdan ketdim. U kabi fikrlilar haqida dinimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ahmoqlikni ham cheki yo‘q ekanda. عَنْ بَعْضِ أُمُّهَاتِ الْمُؤمِنِينَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُنَّ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا فَسَأَلَهُ عَنْ شَيْءٍ لَمْ تُقْبَلْ لَهُ صَلَاةٌ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ وَلَفْظُهُ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا أَوْ كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  Mo‘minlarning onalari roziyallohu anhunnaning ba’zilaridan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim arrofga kelib, undan biror narsa haqida so‘rasa, uning namozi qirq kechagacha qabul bo‘lmas», dedilar».
Muslim va Ahmad rivoyat qilganlar.
Ahmadning lafzida:
«Kim arrofga yoki kohinga kelib, uning aytganini tasdiqlasa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltiribdi» deyilgan.
Sharh: Haqiqiy mo‘min uchun qirq kunlik emas, bir mahal namozining qabul bo‘lmay qolishi ulkan musibatdir. Bu musibat faqatgina folbinga borib, undan bir narsa haqida so‘rashning jazosidir. Uning aytganiga ishonadimi yo‘qmi, farqi yo‘q.
Ammo kim folbinga borib, uning aytganini tasdiqlasa, kufrga ketgan bo‘lar ekan. Allohning O‘zi asrasin! (“Hadis va Hayot” kitobidan).  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:41 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar