Kim arablarni aldasa
Assalomu alaykum! Usmon raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: ,, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: ,, Kim arablarni aldasa, shafoatimga kirmaydi va unga mehr-muhabbatim etmaydi ", dedilar ". Termiziy rivoyat qilgan. Shu hadisni binoanni qay bir inson umrida biron marta biror arabni aldasa, unga payg‘ambarimizni shafoatlariga kirmaydimi? Shu hadisni batafsil sharhlab bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Hadis va Hayot” kitobida quyidagicha keladi: عَنْ عُثْمَانَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِصَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ غَشَّ الْعَرَبَ لَمْ يَدْخُلْ فِي شَفَاعَتِي وَلَمْ تَنَلْهُ مَوَدَّتِي. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ الثَّلَاثَةَ. Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim arablarni aldasa, shafoatimga kirmaydi va unga mehr-muhabbatim etmaydi», dedilar».
Ushbu uchovini Termiziy rivoyat qilganlar.
“Mirqotul mafotih sharhu mishkotil masobih” kitobida Mulla Aliy al-Qoriy: “Kim arablarni aldasa” ya’ni “arablarga xiyonat qilsa” ma’nosida. “Shafoatimga kirmaydi” ya’ni “kichik shafoatimga kirmaydi”, zero katta shafoat barcha uchun umumiydir. “Unga mehr-muhabbatim etmaydi” ya’ni “Unga komil muhabbatim bo‘lmaydi” degan.
“Fayzul qodir sharhu jome’us sag‘ir” kitobida Munoviy: Hakim: “Kim arablarni aldasa” ya’ni “ularni hidoyat va to‘g‘ri yo‘ldan to‘ssa, payg‘ambardan uzoqlashtiruvchi ishga ularni bursa, payg‘ambar va ular orasidagi silani uzgan bo‘ladi. Shu sababdan u shafoat va muhabbatimdan mahrum bo‘ladi” degan. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 17:55 | Savol-javoblar | 190 | Hadislar