Alloh xammasini bilsa

Assalomu alaykum! Meni bir savol oylantiradi. Alloh butun olamni yaratishdan avval, uni oxiri nima bolishini bilgan. Insonni xam yaratilishidan avval kimlar unga boysunishi va boysunmasligini bilgan. Yani ularning amalidan gazablanishini va dozaxda kuydirishini bilar edi. To‘g‘ri bazilar jannatda baxtli bolar, lekin kopchilik dozaxga tushishini bilgan. Alloh ularni bundan saklab kolishi mumkin edi, lekin bari-bir azobga duchor kiladi. Nega Alloh bunday oziga malum narsani kiladi ? Bundan maksad nima ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lar ish bo‘lgan, siz bilan bizga Allohga itoat qilib roziligini izlab topib, jannatga kirish. Qolganini qo‘ying. Oxiratda Allohning O‘zidan so‘rab bilib olaverasiz. Alloh sizni qoniqtiradigan javobni berishi shak-shubhasiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 06:25 | Savol-javoblar | 192 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar