Boshka mazxabda namoz o‘qish
Assalomu alaykum! 1). Universitetimizda dars 13:00 dan 16:50 gacha bo‘ladi. Bu paytda peshin namozi bizni vaqt blan 13:16 da kirib 16:41 da tugaydi. Agar shu oraliqda universittetda bo‘lsam peshin qazo bo‘lib qolishi mumkin. Shunga agar hanafiy mazhabidan boshqa mazhab namoz vaqtiga qarab ertaroq yoki kechroq o‘qib olsam bo‘ladimi? 2) Boshqa mazhablardagi namoz vaqti hanafiy mazhabidan qanchalik oldinda yoki orqaroqda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Peshin vaqti zavoldan keyin kiradi. Bu borada barcha mazhablarning hukmi bir xil. Peshin vaqtining chiqishi va asr vaqtining kirishida mazhablar o‘rtasida farq bor. Hanafiy mazhabidagi fatvo berilgan qavlga ko‘ra peshin vaqti har bir narsaning soyasi ikki barobar bo‘lganida chiqadi va asr vaqti kiradi (sizga tushunarli qilib aytganda: hanafiy mazhabida peshin vaqti uzoqroq davom etadi). Peshin vaqtini ado qilish uchun o‘sha o‘qish joyingizda bo‘lsa ham sharoit toping. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:23 | Savol-javoblar | 158 | Namoz