Suhbat qurganda yoki har kungi holat

Assalomu alaykum! Umuman olganda har kungi odatiy hol biron kim bilan suhbat qurganimizda ba’zi bir odamlar haqida ish yuzasidan yoki boshqa sabab bo‘lib falonchi bunday dedi deb gapini aytish yoki u bunday qilasan dedi deb uning gapini takror qilib aytsak huddi o‘sha insonning aniq gapini emas bazi so‘zlarini tushirib yoki so‘z qo‘shib etkazamiz. Kundalikda odatiy hol bo‘lib qolgan. Ba’zan bunday gaplardan keyin tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Bu holatda yolg‘on bo‘lib gunoh qilib qo‘ymaymizmi? Oshxonada ishlayman. Halol belgisi bo‘lgan rollton (adashmasam Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan) ishlatar edik endi esa kg lik ishlatyapmiz unda nima borligini bilmaymiz. Bunda halol turganda shubhalini tanlagan bo‘lib qolamizmi. Tovuq go‘shti ham olib keladigan odam ham bilmas ekan halolmi yo‘qmi so‘rab surishtirmaganimiz uchun gunohkor bo‘lib qolmaymizmi? Ta’minotchiga nima deb nasihat berasiz men yoshman va oddiy ishchiman gapimni tushunishlariga ishonchim komil emas.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol ishlab, halol topib, halol englar va ediringlar. Shubhali narsalardan saqlaninglar. Chunki haromning ishi o‘ta og‘ir. Usiz ham hayot o‘taveradi. Hadisda haromdan o‘sgan go‘sht do‘zaxga loyiq deyilgan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar