Quvvat beruvchi ichimlik
Assalomu alaykum! Quvvat beruvchi(energetik) ichimlik ichish mumkinmi? So‘rayotganim endi ushbu ichimlikni “Halol” belgilisi bilan chiqarishibdi. (flash, energy) Tanishlarim halol ekan deb ichishyabdi. Shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shariatimizda ikki narsani asosiy qoida qilib olingan. Birinchisi : Asli harom bo‘lgan narsani, shar’iy yo‘l bilan halol qilinganligi sobit bo‘lmagunicha, u haromligicha qoladi. Masalan : Go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ulardagi oquvchi qon chiqib ketmaganligi va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilgani topilmagani uchun u haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani sobit bo‘lgach, halolga hukm qilinadi. Ikkinchisi : Asli halol bo‘lgan narsalar biror yo‘l bilan harom qilinganligi sobit bo‘lmasa, halolligicha qoladi. Vallohu a’lam.
28 Aprel 2022, 02:41 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar