Xijob o‘ramasa kim gunohkor

Assalomu alaykum! Ayollar xijob o‘ramasa oila a’zolari ham gunohkor bo‘ladi yani otasi, aka ukasi, eri, hatto o‘g‘li ham. Xijob o‘ramagan ayolni oiladagi erkak bu farz amal ekanligini 3 marta aytib ogohlantirishi kerak keyin bo‘ynidan gunohi soqit bo‘ladi deb eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri emas. Muloyimlik va chiroyli yo‘llar bilan tarbiya qilib boraveradi, aytib tushuntiraveradi.
 Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 07:09 | Savol-javoblar | 191 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar