Dinni ustidan kulishmi?
Assalomu alaykum! "Bir kishi men ro‘zaman desa, qarshisidagi odam" Siz Ro‘zasiz, Mama Ro‘zasiz" ya’ni qo‘shtirnoq ichida haqorat qilsa, yoki falon ish gunohi sag‘ira desa bir kishi o‘sha gapini ushlavolib "Xa gunohi sag‘ira qilib yuribsizmi" deb kulsa, yoki bir domla zarurotlar chegarasi xaqida fatvo bersalar, o‘sha domlani "Men ham falon ish qilsam huddi shunday qilaman" deb kulsa, dinni va ahli ilmni masxara qilgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U kishiga quyidagi sura kifoya qiladi. Alloh taolo "Humaza" surasida marhamat qiladi: وَيْلٌ لِّكُلِّ هُمَزَةٍ لُّمَزَةٍ 1. Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin.
Odamlarning obro‘sini g‘iybat yo‘llari bilan ko‘p to‘kuvchi odam arab tilida «humaza» deyiladi. Odamlarning aybini, kamchiliklarini imo-ishora ila masxara qiluvchi «lumaza» deyiladi. «Vayl» jahannamdagi bir vodiyning nomi yoki «holiga voy», «halok bo‘lsin» degan ma’nodagi so‘z ekanini oldin ham o‘rganganmiz.
Ushbu ikki sifatga ega bo‘lganlarning barchasi do‘zaxga tushadi va ularning ahvoliga voy bo‘ladi, deydi Alloh taolo. Chunki mo‘min kishining qonini to‘kish qanchalik gunoh bo‘lsa, obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh. Odam o‘ldirib – qon to‘kib gunoh qilganlar jahannamga tushganlaridek, g‘iybat qilib – obro‘ to‘kib, kishilarni xafa qilganlar ham jahannamga tushadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:09 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar