GUNOXLARDAN TIYILIShNING DAVOSI KANDAY?

ASSALOMU ALAYKUM MUXTARAM USTOZ!Sizga savolim bor edi. Ijozat bergaysiz:Ulamolar diniy ilmlar buyicha tabiblar xisoblanadilar. Ummatga xavf solayotgan zoxiriy va botiniy dardlarni kelib chikishi va ularga karshi kurashish, ularga chalinmaslik chora-tadbirlarini yaxshi biladilar. Ustoz men uzimdagi ba’zi bir sodir bulayotgan kalb kasalliklari xakida shikoyat kilmokchiman. Uzim Allox kodir kilgunicha ilm olmokdaman. Kaysi gunoxlar gunoxi kabira va kay biri sagira ekanligi yaxshi bilaman. Gunoxlarga kiyomat kunida kanday jazo berilishi xakidagi oyat va xadislar, ulamolarning asarlaridagi bilimlardan ozmuncha xabardorman. Lekin achinarli va kalbimni kiynayotgan dard shuki, men ayrim gunoxlarning yomon okibatga olib kelishini bilganim xolda, shu gunoxlarni sodir kilib kuymokdaman. Uzimdagi xato va kamchiliklarni sizga aytmokchiman, sizning nasixat va yul-yuriklaringizga muxtojman:1. Zinoga olib boruvchi ofatlardan eng xavflisi kuz zinosi. Ming xarakat kilmay nomaxram kiz va ayollarga kuz tashlashdan uzimni tiya olmayapman. Bu karash shaxvat nazari bilan demasam xam baribir borib-borib bu shaxvat ma’nosidagi nazarga olib kelishi xavfini sezyapman. Shuni bilganim xolda shu gunoxdan tiyila olmayapman. Bozorga chikishni juda yomon kuraman. Lekin tirikchilik takozosi sababli bozorga chikishga majburman. Uzim savdo ishlari bilan shugullanaman. Sir emas bozorda nomaxram kiz va ayollar juda xam kup. Kun buyi bozorda turib, kuzimni nomaxramga tikishdan saklay olmayman. Sungra uyga borgandan keyin bu xol yukolib, uzim kilib kuygan gunoximdan kurka boshlayman. Darrov tavba kilib, duo va istigfor aytishga tushaman. Ayrim paytlarda esa Alloxning kudrati bilan umuman uzimni karashdan tiya bilaman. Bu xol esa menda doimiy emas. Xazrat nima kilay? Bu gunoxdan imkon kadar tiyilish makomiga kanday erishsa buladi. Buni amaliy yullari bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Allohning O‘zi barcha narsani ko‘rib, bilib, hisobini qilib turganini unutmaslikka harakat qiling. «Ruxiy tarbiya» kitobining «Muroqaba» bobini qayta-qayta o‘qing.

25 Aprel 2022, 17:23 | Savol-javoblar | 161 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar