Jabroil alayxissalomni yana tushishlari

Assalomu alaykum! Jabroil alayxissalom Payg‘ambarimizdan so‘ng erga tushishlari xaqida biror gap bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu g‘ayb ishi. Bu haqida dalilsiz gapirish to‘g‘ri emas. Vahiy to‘xtagan. Insonlarga Allohning xabarlarini beruvchi zot, ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlar. Oyatda qadr kechasi tushishlari aytilgan. Qadr kechasi aynan qaysi kunga to‘g‘ri kelishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan unittirilgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:38 | Savol-javoblar | 181 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar