Tahoratdagi tartib

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar sizlardan iltimos, agar iloji bo‘lsa shu hadisni sharhlab bersangizlar. Amr ibn Yahyoning otasi rivoyat qiladir:  «Abdulloh ibn Zayd idishdan qo‘liga suv quyib qo‘lini yuvdi. Keyin bir hovuch suv bilan og‘iz ham burun chayqadi. Shu ishni 3 marta qildi, so‘ng yuzini va ikki qo‘lini tirsagi bilan qo‘shib, 2 marta yuvdi. Boshiga mash tortdi. Oyog‘ini tovoni bilan qo‘shib yuvdi, keyin: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday tahorat olar erdilar». Mening savolim shuki bu erda og‘iz va burunni yuvish uchun bitta suv olindimi? Shu bir suv bilan og‘iz ham, burun ham yuvilayabdimi? Yoki og‘izga alohida, burunga alohida suv olinayabdimi? Bu erda quloq va bo‘yinga mash tortilgani ko‘rinmayabdi. Men ham xuddi shunday tahorat olsam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kaft suvning yarmini og‘izlariga, yarmini burunlariga olganlar.
2). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi o‘rinlarda yuviladigan a’zolarni bir marta yuvish farz ekanligini bayon qilish uchun bir marta, ikki marta yuvsa ham yuvish joiz bo‘lgani uchun ikki marta, sunnat to‘liq ado bo‘lishi uchun uch marta yuvganlar. Agar suv kamlik qilsa siz ham bir yoki ikki martadan yuvishingiz mumkin. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:50 | Savol-javoblar | 150 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar