Tik tokchilarga

Assalomy alaykum! Bir tanishim tik tok degan programmadan pul ishlash maqsadida podpischik yigyapkan ekan. Men ularni ko‘rib chiqtim. U podpischik dep yig‘yankan odamlar orasida bolar bo‘lmas insonlar (fahshga etaklovchi video qo‘yib o‘z saytini rivojlantiradigonlar), har hil raqslar o‘ynovchi qizlar, yana o‘ziga jalb qilish maqsadida bu er qaer deb video ostiga yozib qoldiruvchi insonlar ko‘p ekan. Men u insonga bu ish noto‘g‘ri ekanligini aytim. U inson bo‘lsa faqat pul ishlash uchun holos deb aytiyapti. O‘zi bu ishi joizmi? Qanday sayt bo‘lmasin internettan pul topish halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. عَنْ جَرِيرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ سَنَّ فِي الْإِسْلَامِ سُنَّةً حَسَنَةً فَعُمِلَ بِهَا بَعْدَهُ كُتِبَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ مَنْ عَمِلَ بِهَا وَلَا يَنْقُصُ مِنْ أُجُورِهِمْ شَيْءٌ. وَمَنْ سَنَّ فِي الْإِسْلَامِ سُنَّةً سَيِّئَةً فَعُمِلَ بِهَا بَعْدَهُ كُتِبَ عَلَيْهِ مِثْلُ وِزْرِ مَنْ عَمِلَ بِهَا وَلَا يَنْقُصُ مِنْ أَوْزَارِهِمْ شَيْءٌ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Islomda go‘zal sunnat paydo qilsa va undan keyin o‘sha sunnatga amal qilinsa, unga o‘shanga amal qilganlar ajriga o‘xshash ajr, ularning ajridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi. Kim Islomda bir yomon sunnat paydo qilsa va undan keyin o‘sha sunnatga amal qilinsa, unga o‘sha amal qilganlar gunohiga o‘xshash gunoh, ularning gunohlaridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi», dedilar».
Muslim va Termiziylar rivoyat rivoyat qilganlar.
Sharh: «Kim Islomda bir yomon sunnat paydo qilsa», ya’ni Qur’on va sunnatga, Islom shariatiga xilof bo‘lgan yomon ish paydo qilsa, «undan keyin o‘sha sunnatga amal qilinsa», ya’ni, o‘sha Qur’on va sunnat ruhiga, Islom shariatiga xilof yomon ishni paydo qilgan kimsa vafot etganidan keyin odamlar tomonidan mazkur yomon sunnatga amal qilish davom etaversa, «unga o‘sha amal qilganlar gunohiga o‘xshash gunoh, ularning gunohlaridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi». Ya’ni, mazkur yomon sunnatning paydo bo‘lishiga sababchi insonga o‘zi vafot etib ketsa ham, u paydo qilgan yomon sunnatga amal qilganlarga yoziladigan gunoh miqdoricha gunoh yozilib turadi. Shu bilan birga, amal qilganlarning gunohlari kamayib qolmaydi. Ularga ham qilgan amallariga yarasha to‘liq gunoh yozilaveradi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

9 May 2022, 08:36 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar