Jonni saqlash

Assalomu alaykum! Jonni saqlash irimmi, yoki sunnat amalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jonni saqlash farz. Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi:  وَأَنفِقُواْ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَلاَ تُلْقُواْ بِأَيْدِيكُمْ إِلَى التَّهْلُكَةِ وَأَحْسِنُوَاْ إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ۝ 195. Va Allohning yo‘lida nafaqa qiling. O‘zingizni halokatga tashlamang. Yaxshilik qiling, albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadir. «O‘zingizni halokatga tashlamang» jumlasida bir necha xil ma’no bor.Biri: «Allohning yo‘lida nafaqa qilmay, o‘zingizni halokatga duchor qilmang», ya’ni «Baxilligingiz halokatga sabab bo‘lmasin», degani.Yana bir ma’nosi: «O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang. Bir kishi o‘zining o‘limiga o‘zi sabab bo‘lsa, «o‘zini o‘zi o‘ldirdi», – deyiladi. Shunga o‘xshagan bo‘lmasin», degani.Imom Olusiy: «Ushbu oyatdan o‘limga sabab bo‘ladigan narsaga bormaslik chiqadi», – deganlar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar