Vafot etgan odamning buyumlari
Assalomu alaykum! Tatar millatiga mansub qo‘shnimiz dunyodan o‘tib qoldilar. Yaqin qarindoshlaridan faqat etim qolgan egizak nabiralari bor voyaga etmagan ular Rossiyada buvisi bilan turadi. O‘zbekistonda ham uzoqroq qarindoshlari bo‘lsa kerak. Qo‘shnimiz bilan opamullom judayam yaqin edilar. Kasal yotgan vaqtida ancha vaqt qarab yurdilar. Opamullom vaqtincha biz bilan yashab turardilar. Qo‘shnimiz vafotidan keyin ayrim qo‘shnilar sotib olish boxonasida o‘sha insonni narsalarini bo‘lishib olishdi. Ayrim sotib olingan narsalarni pulini opamullom yig‘gandilar. Opamullom ham uyimizga bir talay narsalarni olib keldi. Sotib olmaganini bilaman. O‘z uyiga ko‘chib ketayotganda menga o‘sha olib kelgan narsalarini ichidan bir idishni tashlab ketganlar. Yangi kelin bo‘lganim uchun uydagi narsalarni qaysi o‘zimizniki qaysi o‘sha insonniki hammasini bilmiman to‘g‘risi. Oldin bu narsalarni tushunmasdim Alloh hidoyat berib savob gunohni farqiga boryapman. Shu idish o‘sha etim qolgan bolalarni haqqi bo‘lsa man uni nima qilay. Extiyojim bo‘lsa sotib olsam pulini kimgadir shu vafot etgan insonni nomidan ehson qilsa bo‘ladimi? Opamullomni o‘sha vafot etgan qo‘shnidan katta qarzi ham boridi qachondir etim nabiralariga qaytarib beraman deydilar. Agar man o‘sha idishni pulini opamullomga bersam bo‘ladimi o‘sha qarziga qo‘shib bolalarga qaytarsa. Lekin qachon qaytaradi bilmiman. Uyimizdagi man bilmaydigan boshqalarni narsasi bo‘lsa ishlatib yursam gunohkor bo‘lamanmi? Bilganim o‘sha idish. Majbur bo‘lganim uchun ishlatib turibman. Sharoitim bo‘lishi bilan yangisini olish niyatim bor. Iltimos manga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating nima qilay. Birovni haqqidan qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Etimning molidan ehtiyot bo‘ling. Biror tangasini ham aralashtirmang. Qanday qilib bo‘lsa ham zimmangizdan soqit qiling, pulini to‘lamaguningizcha idishini ham ishlatmang. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 08:58 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Etimning molidan ehtiyot bo‘ling. Biror tangasini ham aralashtirmang. Qanday qilib bo‘lsa ham zimmangizdan soqit qiling, pulini to‘lamaguningizcha idishini ham ishlatmang. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 08:58 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar