Bu poraxo‘rlikmi
Assalomu alaykum! Do‘stimning nomidan so‘rayapman. Do‘stim ishida postda turarkan, yuk moshinalarini tekshirib xujjatini ko‘rarkan. Bunaqa postlar 20ta bo‘lib xaydovchilar 1000 so‘mdan pul berib o‘tisharkan. Do‘stim sheriklari bilan xafta oxirida tushgan pulni bo‘lishisharkan. Shu pullar xalolmi? Agar pulni olmasa sheriklari tama qilib ishdan ketkazishi mumkin ekan. O‘zi namozga kirish arafasida, shunchun xaromdan to‘liq voz kechmoqchi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu pullar ochiq-oydin harom. Buni nomini qaroqchilik deyiladi. Shak-shubhasiz bu pullarni eb katta bo‘lgan jasad do‘zaxdan boshqasiga loyiq bo‘lmaydi. Bizni vazifamiz ogohlantirib qo‘yish, chunki biz aytmasak qiyomat kunida siz bizni “aytmagansan” deb bo‘ynimizdan olasiz. Unaqa pullarni olmaslik kerak. Ochiq-oydin “meni bu ishlarga aralashtirishma” deb aytishi kerak. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom