Ishxonadan suv tashib ichish

Assalomu alaykum! Biz chet elda ishlaymiz, aniqrog‘i Rossiyada. Yashash joyimiz boshqa joyda, yashash joyimizda ichimlik suvi xlor bo‘lib oqadi. U suvdan ichib bo‘lmaydi, ishxonamizdan suv toshib ichamiz. Shu qilayotgan ishimiz xoram xisoblanmaydimi? Agar xoram bo‘lsa biz ancha vaqtlardan beri ishxonadan suv ishlatamiz, qanday yo‘l tutaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishxona xo‘jayinini roziligini olinglar. Haqqi to‘langlar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar