Qo‘shnining omonat go‘shti

Assalomu alaykum! 1). Bizga bir qo‘shnimiz go‘shtini omonat qilib topshirgandi. Men bir kun ovqat qilayotganda o‘zimizniki bilan adashtirib ularnikidan solib qo‘yibman, keyin bilgach o‘zimiznikidan qo‘shib qo‘ydim. Bu ovqat harommi? 2). Namozdan keyingi zikrlarda taxorat buzilsa yangilanmay davom etish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bilmasdan ishlatib qo‘ygan bo‘lsangiz zarari yo‘q. Egasiga aytib o‘rniga boshqa go‘shtdan berib roziligini olib qo‘ysangiz kifoya qiladi. Shunda ovqat harom bo‘lib qolmaydi.2). Yangilamay aytsa bo‘ladi. Zikrlarni aytish uchun tahorat shart emas. Tahorat bilan aytganingiz afzal, savobi ko‘p bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:55 | Savol-javoblar | 155 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar