Ibni Umar haqidagi hadis sahihmi?

Assalomu alaykum! Bir kitobda o‘qib qoldim Rosululloh sollallohu alayhi va sallam : Jabroil aytdi "Koshki edi Ibni Umar oqshomgi nomozlarda bardavom bo‘lsa”. Bu gapni Ibni Umar roziyallohu anhuga etkazgandan keyin Ibni Umar oqshom namozlarda doim qoim bo‘lgan ekan . Shu hadis sahihmi?  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahih. حَدَّثَنِي عُبَيْدُ اللهِ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا عَفَّانُ بْنُ مُسْلِمٍ، حَدَّثَنَا صَخْرُ بْنُ جُوَيْرِيَةَ، حَدَّثَنَا نَافِعٌ، أَنَّ ابْنَ عُمَرَ قَالَ: إِنَّ رِجَالًا مِنْ أَصْحَابِ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانُوا يَرَوْنَ الرُّؤْيَا عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَيَقُصُّونَهَا عَلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَيَقُولُ فِيهَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَا شَاءَ اللهُ، وَأَنَا غُلَامٌ حَدِيثُ السِّنِّ وَبَيْتِي الْمَسْجِدُ قَبْلَ أَنْ أَنْكِحَ، فَقُلْتُ فِي نَفْسِي: لَوْ كَانَ فِيكَ خَيْرٌ لَرَأَيْتَ مِثْلَ مَا يَرَى هَؤُلَاءِ. فَلَمَّا اضْطَجَعْتُ لَيْلَةً قُلْتُ: اللَّهُمَّ إِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ فِيَّ خَيْرًا فَأَرِنِي رُؤْيَا. فَبَيْنَمَا أَنَا كَذَلِكَ إِذْ جَاءَنِي مَلَكَانِ فِي يَدِ كُلِّ وَاحِدٍ مِنْهُمَا مَقْمَعَةٌ مِنْ حَدِيدٍ، يُقْبِلَا بِي إِلَى جَهَنَّمَ، وَأَنَا بَيْنَهُمَا أَدْعُو اللهَ: اللَّهُمَّ أَعُوذُ بِكَ مِنْ جَهَنَّمَ. ثُمَّ أُرَانِي لَقِيَنِي مَلَكٌ فِي يَدِهِ مِقْمَعَةٌ مِنْ حَدِيدٍ، فَقَالَ: لَنْ تُرَاعَ، نِعْمَ الرَّجُلُ أَنْتَ لَوْ تُكْثِرُ الصَّلَاةَ. فَانْطَلَقُوا بِي حَتَّى وَقَفُوا بِي عَلَى شَفِيرِ جَهَنَّمَ، فَإِذَا هِيَ مَطْوِيَّةٌ كَطَيِّ الْبِئْرِ، لَهُ قُرُونٌ كَقَرْنِ الْبِئْرِ، بَيْنَ كُلِّ قَرْنَيْنِ مَلَكٌ بِيَدِهِ مِقْمَعَةٌ مِنْ حَدِيدٍ، وَأَرَى فِيهَا رِجَالًا مُعَلَّقِينَ بِالسَّلَاسِلِ، رُءُوسُهُمْ أَسْفَلَهُمْ، عَرَفْتُ فِيهَا رِجَالًا مِنْ قُرَيْشٍ، فَانْصَرَفُوا بِي عَنْ ذَاتِ الْيَمِينِ. فَقَصَصْتُهَا عَلَى حَفْصَةَ، فَقَصَّتْهَا حَفْصَةُ عَلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ عَبْدَ اللهِ رَجُلٌ صَالِحٌ». فَقَالَ نَافِعٌ: لَمْ يَزَلْ بَعْدَ ذَلِكَ يُكْثِرُ الصَّلَاةَ Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari tush ko‘rishsa, u zotga aytib berishar, u zot esa ular xususida Alloh hoxlagan narsalarni aytar edilar. Men yosh bola edim. Uylanmasimdan oldin uyim masjid edi. Ichimda: «Agar senda ham biror yaxshilik bo‘lganda, sen ham manavilar ko‘rgan narsalarni ko‘rgan bo‘lar eding», dedim. Bir kecha yonboshlar ekanman, «Allohim, agar menda biror yaxshilik bor deb bilsang, menga tush ko‘rsat!» dedim. (Tushimda) nogahon ikki farishta keldi. Ularning har birining qo‘lida temir kaltak bor edi. Ular meni jahannam tomon olib borishar, men esa ikkovining o‘rtasida: «Allohim, jahannamdan panohingga qochaman», deb duo qilardim. Keyin menga qo‘lida temir kaltagi bor farishta duch kelganini ko‘rdim. U: «Aslo qo‘rqma. Agar namozni ko‘paytirsang, sen qanday yaxshi odamsan!» dedi. Ular meni olib borib, jahannam yoqasida to‘xtatishdi. Qarasam, u xuddi quduq kabi atrofi o‘ralgan ekan. Quduqning tirgaklaridek tirgaklari ham bor edi. Har ikki tirgagining o‘rtasida bir farishta bo‘lib, uning qo‘lida temir kaltak bor edi. U erda boshlari pastga qilib osib qo‘yilgan odamlarni ko‘rdim. U erdagi qurayshlik kishilarni tanidim. Keyin meni o‘ng tarafga olib o‘tib ketishdi.
Men buni Hafsaga aytib berdim. Hafsa esa buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytgan ekan, u zot: «Abdulloh solih odam», debdilar».
Nofe’ aytadi: «U o‘shandan keyin ko‘p namoz o‘qiydigan bo‘ldi». 
(Oltin silsila kitobidan ""Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

11 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 156 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar