Uydagi pul

Assalomu alaykum! Men bir necha yillar oldin ammam kasal bo‘lib yotganlarida(turmushga chiqmaganlar, biz bilan turardilar, olamdan o‘tganlar) kasalxonadaliklarida, yonlariga borib dorilarini olib berib kaytardim. O‘sha paytda talaba bo‘lganman, yo‘l kiraga pulim etmay, qarz olardim. O‘sha qarzlarimni to‘lash uchun ammamning dori pulidan bildirmasdan olardim. Shu ishni qilganim yaxshi emasligini tushindim. Endi man gunoximni yuvishim uchun nima qilasm bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo Allohga tavba qilasiz. Ammangizni merosxo‘rlariga berasiz. Agar ular bo‘lmasa, savob umid qilmasdan ammangizning nomidan faqir-miskinlarga sadaqa qilasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar