Ukam bilan jamg‘argan puldan zakot

Assalomu alaykum! 1. Men va ukam birgalikda jamg‘argan 15 mln so‘m pul bor, yana qarzga berilgan 5 mln so‘m pulimiz bor. Bu pullar umumiy kim qanchasini qo‘shganini bilishning imkoni yo‘q, topganimizni o‘rtaga qo‘yganmiz. Yana marhum onamizdan qolgan tilla taqinchoqlar ham bor va xozirda ijaraga berib qo‘yilgan ikkita kvartiramiz ham bor. Zakot bermoqchiman, ukam ham shu niyatda lekin, zakot miqdorini qanday xisoblashni bilmayapmiz. Iltimos yordam bering, yo‘l ko‘rsatvorsangiz. 2. Zakot aynan kimlarga beriladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savol: Aka-uka birgalikda tijorat qilsalar zakotlarini qay tarzda ado qiladilar?Javob: Avvalo shuni bilib olish kerakki, kimning moli qancha ekanligi ma’lum bo‘lishi kerak. Aka-ukalarning tijoratdagi o‘rinlari ham ma’lum bo‘lishi kerak. Masalan, aka-uka tijoratda bir-biriga mulki va foydasi tayin bo‘lgan sherikmi yoki mulk biriga tegishli bo‘lib, boshqasi unga ishchimi? Chunki, zakot har bir kishining o‘z molidan ado qilinishi shartdir. Shu narsalar ma’lum bo‘lganidan keyin kimning moli nisobga etsa, o‘sha kishining zimmasiga zakot berish vojib bo‘ladi (Apke masail unka hal). Vallohu a’lam!2). Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://fiqh.uz/maqola/696

9 May 2022, 09:41 | Savol-javoblar | 140 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar