Taxvid
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar. Ijozat bersangizlar meni bir nechta savollarim bor edi. Ammo kuprok. Agar noto‘g‘ri va mayda savollar bilan bezovta kilgan bulsam oldindan uzr surayman sizlardan. Eshitganmanki kimda kim biror ulgan kishi xakkiga 70 ming marotaba "La ilaxa illAlloh" kalimasini aytsa, usha ulgan odamning kabr azob engillashar ekan. Yana bir kitobda ukib koldim 99 marta "La ilaxa illAlloh" deb 100 chisida "Muxammadur Rosulullox" deyish kerak ekan. Savollarim shulardan iborat ediki: 1) 70 ming marotaba aytib ushbu kalimani sungisida "Muxammadur Rosulullox" ni kushib kuysa buladimi ya’ni to‘g‘ri aytilgan buladimi? 2) Bu kalimani odam uzi uchun aytib kuysa xam buladimi oldindan? 3) Ushbu zikrlar aytilib bulgandan sung umumiy duo kilinadimi (ya’ni kimdir bir kunda 5 ming marotaba aytib yurishi mumkin). Xar kuni aytilgan zikrdan sung oxirigacha aytib bulmaguncha duo kilmasa xam bulaveradimi? 4) Va oxirida duo kilayotganda avval paygambarimizga sungra mayyitga bagishlanishi kerakmi? 5) Bu ishni uzi ibodatlik bulmagan odam kilsa xam utaveradimi? Javoblaringiz uchun oldindan katta raxmat ustozlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson har qanday savobli amalni qilib savobini o‘tganlarga bag‘ishlashi mumkin. Sanog‘ini ham chegarasi yo‘q. Qanday bag‘ishlashni ham farqi yo‘q. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 09:41 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson har qanday savobli amalni qilib savobini o‘tganlarga bag‘ishlashi mumkin. Sanog‘ini ham chegarasi yo‘q. Qanday bag‘ishlashni ham farqi yo‘q. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 09:41 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar