To‘ydan oldinroq nikoh o‘qitib qo‘ysa bo‘ladimi?

Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Savolim: Do‘stim bir qizga sovchi qo‘yib bir - biriga ma’qul bo‘lishdi. Inshaalloh yaqin orada fotiha qilinishadi. Lekin do‘stim qiz bilan tez tez uchrashib turibdi. Men unga “bu ishda me’yor kerak, to‘ygacha kamroq ko‘rishganing ma’qul” deb nasihat qildim. U esa “bo‘ldi, fotihada yana bir aylantirib kelamanu keyin to‘ygacha to‘htataman” dedi. Lekin baribir ko‘rishishdan yoki telefon orqali gaplashib turishdan o‘zini tiya olmayabdi. To‘y oktyabr oylariga mo‘ljallangan. Muxlis. uz saytida Odilxon qori akamiz shu mavzudagi savolga “buni eng maqbul yo‘li to‘yni tezlashtirish yoki to‘yni keyinroq o‘tkazish sharti bilan oldinroq nikoh o‘qitib qo‘yish” deb yozgan ekanlar. Qiz taraf hali to‘yga tayyor emas. Do‘stim shariatga xilof uchrashuv va so‘zlashuvlarga chek qo‘yishi uchun hozir nikoh o‘qitib qo‘ysa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘ladi.

26 May 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar