Namoz o‘qiyotganimda mushuk xalaqit beradi

Assalomu alaykum! Qiyomda turganda uydagi mushuk oyog‘imni ostiga kelib yotib oldi. Namoz o‘qib bo‘lgunimcha joy namozga chiqib gox kiyimimdan tortqilab xalaqit berdi. Aslida mushuk xalaqit bermasin deb eshikni yopib keyin o‘qir edim. Lekin shu kuni eshikni yopish esimdan ko‘tarilibdi. Namozim durustmi yoki boshqatdan o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mushukni oyoqlarida xo‘l najosat bo‘lmasa zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 10:04 | Savol-javoblar | 208 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar