Amazon FBA
Assalomu alaykum! Qadrli Ustozlar Allohning ozi sizlarni qo‘llasin. Hech kimga sir emas forexda valuta olib sotish harom ekanligi. Bugungi kunda ko‘plab musulmonlar, xususan O‘zbekistonda ham Amazon FBA orqali savdo sotiq qilishmoqda. Tushunishim bo‘yicha Xitoydan yoki Koreyadan ulgurji narxda tovar sotib olib, uni Amazon sayti orqali Amerika yoki Evropa davlatlariga sotish mumkin ekan. Etkazib berish, qadoqlash va xaridorning qo‘liga etib borgunga qadar bo‘ladigan jarayonlarni Amazonning o‘zi nazorat qilar ekan. Bu faoliyat turi uchun Amazonga NDS solig‘i, amazon omboridan foydalanganlik uchun soliq va dostavka uchun ham soliq olinar ekan. Savolim Amazon FBA haqida qandaydir fatvo berilganmi, musulmon odamning onlayn savdo bilan shug‘ullanishi qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vakillik qilish mumkin. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 10:04 | Savol-javoblar | 183 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vakillik qilish mumkin. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 10:04 | Savol-javoblar | 183 | Moliya va tijorat