Zakotni ramazongacha berish

Assalomu alaykum! 1) Mana shu sinovli kunlarda ishsiz qolgan yoki boquvchisini yo‘qotganlarga yordam uchun xox oziq-ovqat bo‘lsin xox mulk qilib pul berish yo‘li bilan bo‘lsin zakotni ramazoni sharif kelmasidan ajratsa bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa ko‘pchilik pul tashlashib, xozirgi "xayriya jamoa"lariga o‘xshab "oziq-ovqat" yordam qilsa bo‘ladimi? 2) Onam ro‘za tutsam ichim qotib qolyapti, menga xozircha tutmaslikka uzr bormikan deb so‘rayaptilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Oziq-ovqat bilan berish joiz, undan ko‘ra pulni o‘zini bersangizlar nimaga ko‘proq ehtiyoji bo‘lsa shunga ishlatishadi. 2). Oddiy biror tabib bilan maslahatlashingizlar. Bu narsa ro‘zaga uzr bo‘lolmaydi. Buning yo‘li juda oson. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 10:47 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar