Oyoq og‘rig‘ida namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Bu savolni o‘g‘lim nomidan beryapman: Assalomu alaykum hudo hohlasa namoz o‘qishni boshlamoqchiman lekin kadada o‘tira olmayapman. Oyog‘im juda og‘riydi. O‘tirganimda emas otirishga harakat qilsam umuman o‘tirib bo‘lmaydi. chap oyog‘im ustiga o‘tirib o‘ng oyog‘imni barmoqlarini qiblaga qarata olmayman. Namoz o‘qiydiganlardan so‘rasam boshida shunday bo‘ladi keyin o‘rganib ketasan deyishdi. Lekin o‘rgana olmadim qizig‘i o‘ng oyog‘imni ustida o‘tirib chap oyog‘imni qibla tarafga bemalol qaratam hohlaganimday holatda qo‘yaman. Keyin o‘ng va chap oyog‘im bosh barmoqlarini solishtirsam o‘ng oyog‘im bosh barmog‘i tepaga ko‘tarilmas ekan. Yoshligimda futbol o‘ynab o‘ng oyog‘imni bosh barmog‘ini qattiq og‘ritgandim. Shifokorning aytishicha barmog‘imni payini uzgan ekanman shuning uchun qayrilmas ekan.1) o‘ng oyog‘imni bosh barmog‘i sal qayriladi lekin o‘tirganimda oyog‘im tanamdan ikki qarich o‘ngroqda turadi va barmog‘im to‘liq qiblaga qaramaydi. Lekin baribir juda og‘rib turadi. Shu holda oqisam bo‘ladimi.2) yoki o‘ng oyog‘im ustiga o‘tirib chap oyog‘imni barmoqlarini qiblaga bemalol qarataman bu holatda-chi. Ustoz o‘zinggiz eng maqul holatni ayting. Izlash hizmatidan ko‘rdim uzrli odam o‘ziga qulay holatda o‘qishi mumkin ekan va ena bir narsani ko‘rdim tushinishimcha namozdan ko‘ngli to‘lmagan odam uni qayta o‘qirkan meni ham ko‘nglim juda g‘ash shuning uchun o‘zinggizdan fatvo olishni istadim. Menga o‘xshaganlarni namozi qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizga qulay holatda o‘qiyvering. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 11:42 | Savol-javoblar | 171 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizga qulay holatda o‘qiyvering. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 11:42 | Savol-javoblar | 171 | Namoz