Masjidda ikkinchi jamoat

Assalomu alaykum! Masjidda ikkinchi jamoat haqida fiqh.uz kanalidan o‘qidim. Avvalroq shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlarining audo javobini ham eshitgan edim. Bu ikkalasida ham yo‘ldagi masjidlarda ikkinchi jamoat qilish makruh emas deyilgan. Hozirda bizda aksariyat masjidlar yo‘lning bo‘yida, mahalla masjidlari kam uchraydi. Yo‘lning bo‘yidagi azon va iqoma aytiladigan, juma namozi o‘qiladigan masjidda ikkinchi jamoat qilish mumkinmi? Ko‘pchilik hali 1-jamoat tarqalmay turib ham 2-jamoat qilishadi, shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha maqolani o‘qigan bo‘lsangiz javobi berilgan. Ikkinchi jamoat qiluvchilar Abu Yusuf rahmatullohi alayhning “Joiz” degan qavllarini dalil qilishadi. Buning uchun bir necha shartlar bor. Birinchisi avvalgi aosiy jamoatdan qasddan ajrab o‘qimasliklari kerak. Ikkinchisi, mehrobdan chetda bo‘lishi kerak, toki birinchi jamoat darajasiga etmasin. Uchinchisi “Alattado’i” bo‘lmasligi kerak. Ya’ni “kelinglar-kelinglar” deb targ‘ib bilan bo‘lmasligi kerak. To‘trinchisi, ikkinchi jamoat qiluvchilar azon ham takbir ham aytmasliklari kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:35 | Savol-javoblar | 134 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar