Hayzli ayolga yaqinlik

Assalomu alaykum! Hayzli ayolning rahmidan boshqa joyiga, ya’ni soniga ishqalash natjasida bo‘shansa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. SAVOL: Hoizaga yaqinlik qilishning o‘zi harommi yoki kindik ostidan foydalanish ham harommi? JAVOB: Erga hoizaning kindik ostidan tizzagacha bo‘lgan joyidan kiyimsiz foydalanishi makruhi tahrimiy hisoblanadi. Jinsiy a’zoga yaqinligi esa haromdir. يَحْرُمُ عليه  الِاسْتِمْتَاعُ ما بين السُّرَّةِ وَالرُّكْبَةِ أَمَّا الِاسْتِمْتَاعُ بها بِغَيْرِ الْجِمَاعِ فَمَذْهَبُ أبي حَنِيفَةَ وَأَبِي يُوسُفَ وَالشَّافِعِيِّ وَمَالِكٍ يَحْرُمُ عليه ما بين السُّرَّةِ وَالرُّكْبَةِ وهو الْمُرَادُ بِمَا تَحْتَ الازار Erga hoiza ayolning kindik va tizza ostidan foydalanishi haromdir. Jimo’ qilmasdan o‘sha joylardan foydalanishga keladigan bo‘lsak, Abu Hanifa, Abu Yusuf, Shofe’iy va Molik rohmatullohi alayhimlar mazhabida, kindik bilan tizza ostigacha bo‘lgan joydan foydalanish joiz emas. Hadisda kelgan “Ma taxtal izor”dan foydalanish joizmasligidan murod shudir” deyishadi. (Bahrur Roiq). Qolgan imomlar “Jinsiy a’zoning o‘zidan foydalanilmasa bo‘ldi, qolgani joiz” deganlar. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 12:58 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar