Kelishilmagan usta haqqi

Assalomu alaykum! Ayolim o‘zi uchun bir tikuvchi bilan oldindan so‘raganda bitta ko‘ylakni ko‘pi bilan 300 minga tikaman degan edi, to‘ttacha ko‘ylaklar tiktirdi. Ko‘ylaklar bitgandan so‘ng haqqini bermoqchi bo‘lib so‘raganda u har bir ko‘ylakni taxminan 500 ming so‘mlar atrofida narxladi, avval aytgan gapini tan olmadi (ko‘ylak uchun mato va kerakli detallarni ayolimni o‘zi olib bergan tikuvchiga). U tikuvchining atrofidagi boshqa tikuvchilar o‘sha turdagi ko‘ylaklar uchun ko‘pi bilan har birini 200 yoki 250 ming so‘mdan tikishar ekan. Ayolim u tikuvchiga 4 ta ko‘ylakga 400 ming so‘mdan hisoblab berdi. Lekin tikuvchi noroziman, buyurmasin debdi (dinni yaxshi bilmaydi). Savol: Usta haqqi deb, mayli beraman o‘sha qogan pulni ham, lekin bu vaziyatda u haqmi? Axir xizmatini qimmat baholayaptiku, yoki usta o‘zi xoxlagancha narx qo‘yishi mumkinmi. Bu vaziyatda nima qilay? O‘sha qolgan summani unga bermasdan oilam ota onamga sarflasam afzal emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar usta haqini odindan kelishib olmagan bo‘lsa ajri misl, ya’ni o‘sha ishni qilganga odatda necha pul haq berilsa o‘shani olishgagina haqi bor. Ortig‘ini olishga haqi yo‘q. Qarg‘anib duobad qilgan taqdirda ham hech qanday o‘tmaydi. Aksincha ikki barobar gunohkor bo‘ladi. birinchidan odatdagi haqidan ortiqcha olgani, ikkinchisi nohaqdan qarg‘agani uchundir. Ish boshlashdan avval aniq kelishib olish kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:14 | Savol-javoblar | 186 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar