Onam uchun hajni qanday amalga oshirsa bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Umra safariga 50 yoshdan oshgan insonlarga ruxsat yo‘q deyishdi. Onamni had safariga borganlaridek savob olishlari uchun nima qilishim kerak? Onam uchun deb farzandlari borib ziyorat qilib kelsa bo‘ladimi? Olamdan o‘tgan inson uchun xam shu ishni qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haj bu Islomning besh asoslaridan biri va imkoni bo‘lgan musulmonga farz ibodat hisoblanadi. Bu erda asosiy masala savob olishlarida emas, balki u kishiga hajga borish farz bo‘ladimi yoki yo‘qmi degan masala. Farz bo‘lishi uchun ham moddiy, ham jismoniy imkoniyatlari bo‘lishi, shuningdek yo‘l tinch, cheklovlar bo‘lmasligi kerak. Agar farz bo‘lgan holatda bormasalar gunohkor bo‘ladilar. Hozirda cheklovlar tufayli farz bo‘lmaydi. Cheklovlar vaqtincha. Ular olib tashlanganidan keyin olib boraverasizlar. Vaqtinchalik jismoniy imkoniyatning yo‘qligi shuningdek cheklovlar tufayli tirik odamning nomidan haj qilib bo‘lmaydi. Vafot qilgan kishining nomidan haj qilsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:36 | Savol-javoblar | 148 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar