Harom mablag‘
Assalomu alaykum! Yaqin tanishim harom yo‘l bilan boylik ortirgan. Lekin endi harom va halol haqida ma’lumotga ega. Savolimiz shundaki u haromdan yig‘ilgan pullarini nima qilishi kerak? Hammasi haromdan yig‘ilgan desa ham bo‘ladi. Hammasini nochorlarga sarflasa o‘zi pulsiz qoladi. Islom bu holatga qanday qaraydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday insonlar hayotda juda ko‘p. Ularning o‘sha harom pullaridan qutilib, tavba qilganlari ham juda ko‘p. Shu o‘rinda o‘z o‘zidan katta zavod va fabrika yoki katta tijoratlarni yo‘lga qo‘ygan inson ularni tashlab ketolmaydi, o‘zgalarga topshirsa ham o‘zgalar uni boshqarolmaydi. Qolaversa kelgusida u insonlarning o‘zlariga ham yana mol dunyo kerak bo‘ladi. Haromdan qutilib molni halollash yo‘li bormi degan savol paydo bo‘ladi. Butun dunyo ulamolar ittifoqining katta ulamolaridan, ahli sunna val jamoaning barcha ulamolari tan olgan, xususan ustozimiz ham e’tirof qilgan olim Muhammad Hasan Dedu hafizahulloh bu haqida fatvo chiqarganlar va boshqa ulamolar ham buni manuniyat bilan qabul qilishgan. Fatvoda: “Bunday inson haromdan, hatto shubhali bo‘lgan mol mulkini hammasini qiymatini chiqaradi va ikki adolatli insonni olib kelib, “Mening haromdan bo‘lgan mollarim qiymati shuncha, sizlar kambag‘al miskinlar tarafidan vakil bo‘lib qabul qilinglar” deydi. Ikki inson vakil o‘laroq qabul qilishadi. Shu bilan mol egasi butun harom molidan qutilgan bo‘ladi va ikki inson vakilligida ulardan ish yuritishiga kerak bo‘lganchasini qarzga oladi va yillar davomida qarzini uzib boradi. Ma’lum bir muddat o‘tgach qarzdan qutiladi va ishlab topgani o‘zi uchun halol bo‘ladi” deyilgan. tanishingiz ham o‘sha pulni shu kabi yo‘l bilan chiqarsin. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 10:02 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom