Ro‘zani ochish vaqti

Assalomu alaykum! Men Namanganning To‘raqorg‘on tumanidanman. Biz xozirga xolatimizdan kelib chiqib juda zarur savolni beryapman. Bu beryapkan savol juda ko‘p bo‘lyapkan bo‘lsa kerak, shayx xazratlari ro‘za xaqida hamma qaerda yashasa o‘sha erni vaqtida berkitib ochsin degan ekanlar. Lekin biz tarafda domlalar ikkiga bo‘linvolib biri namangan vaqtida desa ikkinchisi toshkent vaqtida deyishyapti. Kata-katta domlalar namangan vaqtida desa imomlar toshkent vaqtida diyishyapti. Bir imom toshkentliklar ham 10 minut kech ocharkan deyapti. Shunga binoan odamlarimiz toshkent vaqtida og‘izlarini berkitib ochishyapti. Shu ishlar to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Turgan joylaringizdan quyoshga qaranglar. Dumalog‘i ko‘rinmaydigan bo‘lib botsa bo‘ldi, og‘izni ochaveringlar. Shuning uchun baland do‘mda yashaydigan yoki ko‘p qavatli uylarda yashaydiganlar pastdagilarga qaramasdan o‘zlari quyoshga qarashsin. Hech qaerda toshkent yoki namangan degan joyi yo‘q. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:47 | Savol-javoblar | 193 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar