Nikoh lafzi?!

Assalomu alaykum! Bilishimcha musulmon odam Qur’ondan bo‘lgan biron oyatni bilmasdan rad qilib qo‘ysa dindan chiqib kofir bo‘lib, uylangan bo‘lsa xotini bilan o‘rtasidagi nikohiyam buzilar ekan. Qaerdadir o‘qigandim, shunday vaziyatda er xotiniga «Sen meni xotinimsan» desa nikoh qayta bog‘lanarkan. Shu qanchalik to‘g‘ri? Javobingiz men uchun juda muhim. Batafsil javob berasizlar degan umiddaman. Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz so‘ragan kufr lafzlari masalasi juda hassos va nozik masala bo‘lgani uchun, birov haqida hukm chiqarishdan juda ham ehtiyot bo‘lish lozim. Bunday hollarda masalani yaxshilab aniqlab keyin uning hukmini aytiladi. «Sen meni xotinimsan» desa nikoh qayta bog‘lanarkan degan gap noto‘g‘ri. Nikohning shartlari topilishi kerak. Shartlarini quyidagi linkdan o‘qing. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/83950

26 May 2022, 08:10 | Savol-javoblar | 190 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar