Uy oldi sotdisi

Assalomu alaykum! Hovli joy qurib sotaman. Qurilayotgan hovli joyimni bitta o‘rtog‘im o‘rtog‘iga sotib berdi. Sotib bergani uchun 900 AQSh dollar berdim. Sotilgan uyni yarim pulini oldindan oldim. Shu sotilgan uyni yonboshida juda yaqin o‘rtog‘im yashaydi. Shu o‘rtog‘im uyni boshqa odamga sotishimga qarshilik qilganligi sababli uyni sotmaydigan bo‘ldim. O‘rtada savdo men tarafdan buzildi. Uyni qimmatroqqa sotish maqsadida savdoni buzganim yo‘q. O‘rtog‘im “sen yashashga kelmasang men ham uyimni sotib ketaman” deb mendan xafa bo‘lyapti. To‘g‘risini aysam qurilayotgan uyga o‘zim oilam bilan yashashga kelaman deganman. O‘rtada 900 dollar olgan o‘rtog‘imdan pulni qaytarib olamanmi yoki savdoni men tarafdan buzilganligi uchun qoladimi? Uyni sotib bergani uchun berganman 900$ ni, uy baraka bo‘lmadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz aytgan xizmatni bajaribdi va haqini olibdi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 23:40 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar