Zakoti ado bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Muhtaram Ustozlar, horijdagi odam zakotini muxtojlarga berish uchun onasiga yuborsa, lekin onasi o‘g‘liga aytmay u pulga boshqa o‘g‘li yo qizini farzandlariga deb tillo, sep, sarpolar olib qo‘ysa, u odamdan zakoti ado bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zakotni olishi joiz bo‘ladiganlarning ro‘yxatidagilarga mulk qilib berilsa joiz. Ya’ni sizni uka-aka, singillaringiz zakot olishga haqli bo‘lsa, o‘shalarga mulk qilib bersa bo‘ladi. Ular ham boyning balog‘atga etmagan bolasi bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 02:16 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar