Qur’on o‘qishda

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, namoz o‘qiganimda, biror ish blan band bo‘lganimda, Qur’on tilovat qilganimda suralarni o‘zbekcha tarjimasini xam ko‘nglimdan o‘tkazishim kerakmi? Agar o‘tkazish kerak bo‘lsa, surani o‘qish vaqtida adashib ketayapman. Men arabchasini o‘qib ketayversam bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir tilovat qilinganda o‘zbekcha tarjimasini o‘tkazish shart emas. Bemalol, Qur’on o‘qiganingizda tadabbur bilan o‘qishingiz kerak bo‘ladi. Tadabbur deganda tarjimasi, undagi hukm va ibratlarga e’tibor berishdan iborat. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:24 | Savol-javoblar | 144 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar