Tuhmatning kaforati

Assalomu alaykum! 13-14 yoshimda bir odamga qilmagan ishini qildi deganman. Ommaga emas 1 odamga aytganman. Tuhmat qilish bo‘lsa kaforat qilinmaydigan gunohlarni ichiga kirar ekan. Bu narsa men namoz o‘qiyotganimda meni qiynidi esimga tushad, deyarli har kuni qiynidi esliman men u qizni topa olmayman. Hozir kechirim so‘rashga ham tayyorman so‘ragan bo‘lardim. Shuni qandaydir echimi bormi? Meni vijdonim qiynaladi hozirgacham lekin men kichkina bo‘lib qiganman hali juddayam dinni mohiyatini chunmagan Ollohni hozir taniganchalik tanimaganman ham
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqqiga yaxshi duolarni qiling. عَنْ صَفْوَانَ بْنِ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَدِمْتُ الشَّامَ، فَأَتَيْتُ أَبَا الدَّرْدَاءِ فِي مَنْزِلِهِ فَلَمْ أَجِدْهُ وَوَجَدْتُ أُمَّ الدَّرْدَاءِ، فَقَالَتْ: أَتُرِيدُ الْحَجَّ الْعَامَ؟ قُلْتُ: نَعَمْ، قَالَتْ: فَادْعُ اللهَ لَنَا بِخَيْرٍ، فَإِنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقُولُ: دَعْوَةُ الْمُسْلِمِ لِأَخِيهِ بِظَهْرِ الْغَيْبِ مُسْتَجَابَةٌ، عِنْدَ رَأْسِهِ مَلَكٌ مُوَكَّلٌ كُلَّمَا دَعَا لِأَخِيهِ بِخَيْرٍ قَالَ الْمَلَكُ الْمُوَكَّلُ بِهِ: آمِينَ، وَلَكَ بِمِثْلٍ، قَالَ: فَخَرَجْتُ إِلَى السُّوقِ فَلَقِيتُ أَبَا الدَّرْدَاءِ فَقَالَ لِي مِثْلَ ذَلِكَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ  Safvon ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Shomga bordim. Abu Dardoning manziliga borib, uni topmadim. Ummu Dardoni topdim. U menga:
«Bu sana haj qilmoqchimisan?» dedi.
«Ha», dedim.
«Bizga yaxshilik so‘rab, duo qil. Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Musulmonning o‘z birodariga g‘oyibdan qilgan duosi mustajobdir. Uning boshida bir muvakkal farishta turadi. U o‘z birodariga har safar yaxshilik tilab duo qilganda muvakkal farishta «Omin! Senga ham o‘shandoq bo‘lsin!» deydi» der edilar», dedi.
Bozorga chiqib, Abu Dardoni topdim, u ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan xuddi shu gapni naql qildi».
Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
1. Musulmonlar bir-birlariga duo so‘rab turishlari kerakligi.
2. Birovning orqasidan o‘zi yo‘qligida qilingan duo maqbul bo‘lishi.
3. Orqadan qilingan duoga muvakkal farishta «Omin» deb turishi.
4. Birovga g‘oyibdan yaxshi duo qiluvchining o‘ziga ham u birodariga so‘ragan yaxshilikchalik yaxshilik etishi.  ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar