Juma farzidan avvalgi 4 rakat sunnat namoz

Assalomu alaykum! Men arab davlatida yashayman. Juma kuni juma namozga azon aytishi bilan xutba boshlanadi. 4 rakat sunnatga vaqt berilmaydi. Xutba o‘qilyapganda 4 rakat sunnat o‘qisam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz vaqti kirishi bilan 4 rak’at sunnatni o‘qib olavering. Azondan oldin bo‘lsa ham. Vaqti kirgan bo‘lsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:41 | Savol-javoblar | 173 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar