Yangi tug‘ilganlarga beriladigan nafaqa
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bizda yosh chaqaloqdan boshlab davlat tomondan oilaviy sharoitdan kelib chiqqan xolda bola nafaqasi ajratiladi. Shu nafaqani hujjatini qilib tayyorlab berarkan, shu ishlari uchun 100 $ olisharkan. Ushbu berilgan pora uchun keyin biz oladigan nafaqa bolam uchun butunlay harom bo‘lib qolmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Agar davlat tomonidan belgilangan shartlarga tushsangiz olishingiz halol. Tushmasdan pora yo‘li bilan to‘g‘rilasangiz nafaqasi harom bo‘ladi. Chunki u muhtoj bo‘lganning haqqi hisoblanadi. O‘zi loyiq bo‘laturib, shartlariga tushib turib olishingiz kerak edi. Hujjat to‘g‘rilovchi haromxo‘rlik qilib 100$siz to‘g‘rilab bermayman desa berganingiz unga harom, oladigan nafaqangiz sizga halol. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:29 | Savol-javoblar | 129 | Halol va harom