Uylanmoqchi bo‘lgan ayolimning iddasi

Assalomu alaykum! Men yangi turmush qurish niyatidaman. Uylanmoqchi bo‘lgan ayol o‘tgan yil oktyabr oyidan beri eri bilan yashamaydi, fevral oyiga kelib sud orqali ajrashdi va sudda eri taloqni berdi, shu xolatda yana 3 oy idda sanaladimi yoki nikoximga olsam bo‘ladimi? Ularni o‘rtasida farzand yo‘q shu sababli ajrashishgan. Oktyabr oyidan beri turmush o‘rtog‘i bilan umuman uchrashmagan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq olgan kunidan boshlab uch hayz ko‘rib poklanguncha idda o‘tirishi shart. Uch hayz ko‘rib poklanmasdan o‘qilingan nikoh bog‘lanmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar