Bemor namozi

Assalomu alaykum! Ba’zan sovuq kunlarda bel og‘rig‘im tutib qoladi. Ruku’ qilay desam belimda shiddatli og‘riq paydo bo‘ladi. Ruku’ qilish uchun tizzalarimni biroz bukib, bir amallab zo‘rg‘a ruku’ga borgunimcha jamoat sajda qilayotgan bo‘ladi. Biroq tik turgan holimda belimni buka olmasam ham, o‘tirgan holimda buka olaman. Ya’ni peshonamni erga tekkizib, sajda qila olaman. “Kifoya”ning 435-betida “ruku’ va sajda qila olmasa-yu, tik turishga qodir bo‘lsa ham, o‘tirib imo bilan namoz o‘qiydi” deyilgan. Savolim quyidagicha: Shu holimda namozni o‘tirib o‘qishim mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, sajdani sog‘lom odam kabi qilamanmi yoki ruku’dan pastroq qilamanmi? Yana “Kifoya” ga e’tibor beradigan bo‘lsak, “imo bilan namoz o‘qigan odam sajdasini ruku’idan pastroq qiladi” deyilgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tik turadigan o‘rinlarda tik turib, ruku’ga kelganda o‘tirib ruku’ qilib, sajda qila olasizmi? Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar