Namozni qasr qilib o‘qish

Assalomu alaykum! Namozni qasr qilish haqida quyidagi qaysi hukm to‘g‘ri: 1. Agar Toshkent shahrida o‘z nomimda uyim bo‘lsa va doimiy Toshkentda yashasam, va viloyatda o‘zim tug‘ilib yashagan uyim otamning nomida bo‘lsa, va u uyda men va ahli ayolim uchun alohida 2 ta xona mavjud bo‘lsa men 15 kundan kam muddatga viloyatga borsam ham namozni qasr qilmasdan to‘liq o‘qishim kerak. 2. Agar Toshkent shahrida o‘z nomimda uyim bo‘lsa va doimiy Toshkentda yashasam, va viloyatda o‘zim tug‘ilib yashagan uyim otamning nomida bo‘lsa, va u uyda men va ahli ayolim uchun alohida 2 ta xona mavjud bo‘lsa ham, men 15 kundan kam muddatga viloyatga borsam, uy otamning nomida bo‘lganligi uchun namozni qasr qilib o‘qishim kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchisi to‘g‘ri. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar