Qaytim (zdachiy) qaytarmaslik

Assalomu alaykum! Men aptekada ishlayman, odamlar kelib dori olib ketishayotganda donalab ham dori olishadi. Shunday paytlarda dori narxi maydaroq narxda bo‘lib qoladi. Masalan, 9900 so‘m yoki 9850 so‘m. Mayda pullarimiz yo‘qligi uchun 10000 deb aytamiz va bu ortiqcha pul kassani o‘zida qoladi, ya’ni biz olmaymiz. Agar mayda pulimiz bo‘lsa qaytim qaytaramiz yoki qaytimga u-bu narsa bersak bo‘ladimi deb xaridordan so‘raymiz. Direktorimiz ham bundan xabardorlar. Dori narxini yaxlitlab aytsak, gunoh ish qilayotgan bo‘lamizmi? Qanday yo‘l tutsak to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xaridorlarga aytib qo‘ysangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 175 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar