Moskvadagi qassobxonada

Assalomu alaykum! Men moskvada qassobxonada ishlayman. Bu erda xar xil go‘shtlar bor, jumladan cho‘chqa go‘shti xam bor. Bu joyda ishlash men uchun xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Cho‘chqa go‘shtiga tegishli biror bir ishni qilsa, o‘sha qilgan ishi joiz emas. Aksincha siz o‘sha erda ishlab ular Allohning ismini aytmay so‘yayotgan bo‘lishsa, mol qo‘ylarni Bismillahni aytib o‘zingiz so‘yishga harakat qilishingiz kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar