Vatan himoyachisi

Assalomu alaykum! Ustozlar, men ba’zi odamlardan “1 soat chegarada turish nechi rakat nomoz o‘qiganga teng” degan gapni eshitaman. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ سَلْمَانَ رضي الله عنه قَالَ : سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ : رِبَاطُ يَوْمٍ وَلَيْلَةٍ خَيْرٌ مِنْ صِيَامِ شَهْرٍ وَقِيَامِهِ وَإِنْ مَاتَ جَرَى عَلَيْهِ عَمَلُهُ الَّذِي كَانَ يَعْمَلُهُ وَأُجْرِيَ عَلَيْهِ رِزْقُهُ وَأَمِنَ الْفَتَّانَ  رواه مسلم Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Bir kecha-kunduz ribotda turish bir oylik(nafl) ro‘za va bir oy kechasida turib(nafl) ibodat qilishdan yaxshidir. Agar u o‘sha qilib turgan ishi ustida vafot topsa, o‘sha ishi(ning savobi) to‘xtamay joriy bo‘lib turadi. Unga rizqi ham etkazilib turiladi va fatton(munkar-nakir)dan omonda bo‘ladi” deyayotganlarini eshitdim. Muslim rivoyati. Ribot deb – musulmonlarning chegarasini qo‘riqlashga aytiladi. Bu hadisdan ribotning fazilati o‘ta ulug‘ ekanligi bilinadi. Ammo bu savoblar iymon keltirgan va boshqa farzlarni ham vaqtida bajaruvchilar uchundir. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 23:34 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar