Kinoyali so‘z

Assalomu alaykum! Men Qozog‘istonlik Ma’murjon domlaning taloq mavzusini tinglam qoldim. U kishi ulamolar shariat og‘irlik olib kelmasligi kerak, u engillik bo‘lishi kerak deb shunday qarorga kelishgan dedilar: Agar er ayolimga rostdan taloq bermoqchi edim, lekin "taloq" so‘zini topolmadim yoki eslolmay qoldimda "kinoyali" so‘z ishlatdim desagina taloq tushadi. Agar "taloq" so‘zi esida bo‘lgan xolida achchig‘ ustida kinoyali so‘z ishlatsa taloq tushmaydi. Shu xaqida fikringizni bildirsangiz. Youtube da Ma’murjon domla taloq deb izlansa video chiqadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Niyati taloq qilish bo‘lsa keyin taloq tushadi. Niyati taloq bo‘lmasa kinoya bilan tushmaydi. Ammo o‘zbek tilida ham er xotiniga ishlatilsa faqat taloqqa dalolat qiladigan boshqa so‘zlar ham bor. Masalan xotini "javobimni bering" desa er "javobingni berdim" desa taloq tushadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:15 | Savol-javoblar | 219 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar