Mayyitni qabristonga olib ketishda oldinga chiqib tahlilni baland aytish

Assalomu alaykum! Tobutni qabristonga olib ketishda mayit yaqinlarining oldinga chiqib tahlilni baland ovozda aytishlari urf bo‘lmoqda. Bu haqida nima deysiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu bid’at. “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:Tobutni to‘rt tarafidan ko‘tarish sunnatdir. Tobut ko‘tarmoqchi bo‘lgan odam mayyitning bosh tarafidan chap dastani o‘ng elkasiga qo‘yib, o‘n qadam yuradi.Keyin orqaga o‘tib, tobutning orqa chap dastasini o‘ng elkasiga olib, o‘n qadam yuradi. So‘ngra boshqa tarafdan ham chap elkasi ila avvalgi tartibda ko‘taradi. Tobutni o‘ta ehtirom bilan ko‘tariladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:15 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar