Ishlamasdan oylik olish

Assalomu alaykum! Bir odam maktabga ishga kirgan, lekin ishga bormaydi va oylik oladi. Ana o‘sha olgan oyligi xalol emasligini eshitdi. O‘sha pulini sadaqa qilsa bergan sadaqasi xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eng yomon tomoni davlat puli o‘g‘irlangan hisoblanadi. Davlat pulida esa hozirgi kunda aholimiz 34 milion bo‘lsa o‘shancha odamning haqqi bo‘ladi. Buning javobgarligi ham azobi ham o‘ta og‘ir bo‘ladi. Buni faqir-miskinlarga emas davlatga qaytarish kerak. Davlat olib borilayotgan ishlarga sarflash kerak. Masalan yo‘l qurilishlariga. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 197 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar